Nazorat jarayonida aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, xizmat ko‘rsatish muddatlariga rioya etilishi, shuningdek, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohaza va takliflari o‘rganildi.
Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada takomillashtirish hamda aholiga qulayliklar yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli tavsiyalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati