Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov tomonidan tumanning “Qoratepa" va "Guliston” mahallalarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari o‘rganildi faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 3