Yangiliklar

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

📍 Reja-grafik asosida Quvasoy shaharda tashkil etilgan ushrashuvlardagi aholi murojaatlari "ijrosi amalda"!

✅ Quvasoy shahar Lashkar mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tadbiri tashkil etildi.

✅ Mazkur xayrli tashabbus Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Qodirov hamda Quvasoy shahar Kengashi deputati A.Kasimov tomonidan ilgari surildi.

✅ Tadbir doirasida turli yo‘nalishdagi malakali shifokorlar jalb etilib, mahalla aholisiga birlamchi tibbiy ko‘rik o‘tkazildi, yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi, ayollar va bolalar salomatligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Ayrim fuqarolarga qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun tegishli tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.

✅Chegara hududida istiqomat qiluvchi aholi uchun tibbiy xizmatlarni joyiga chiqqan holda tashkil etish ularning salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9