Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Oltinsoy tuman hokimi O.Mavlyanov, Xalq deputatlari viloyat Kengash deputati A.Oripov va Xalq deputatlari tuman Kengash deputati U.Xudayberdiyevlar tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 14-sonli maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagog kadrlar salohiyati, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5