Yangiliklar

Tumanda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.

Tumanda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida tuman hokimi - tuman Kengashi deputati Ruslan Ro'ziyev ko'p tarmoqli markaziy poliklinikada bo'ldi.

Tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining ish jarayoni, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kutish zallarining qulayligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, davolanish uchun murojaat qilayotgan fuqarolarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish, zamonaviy tibbiy jihozlardan samarali foydalanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish bo'yicha bir qator vazifalar belgilandi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati‌‌ (https://t.me/konimex_tumani_axborot_xizmati)

Slide 1 of 4