Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati hamda uning amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman Kengashi deputatlari bilan bir qatorda siyosiy partiyalar vakillari ham ishtirok etib, strategiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishdagi o‘rni xususida atroflicha fikr almashdilar.
Muhokamalar jarayonida “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning hududlar rivojiga ta’siri, mahallalar kesimida mavjud muammolarni hal etish va aholining turmush sifatini yaxshilashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, strategiyani yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.