Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tashabbusi bilan Oltinsoy tumani hududida joylashgan ijtimoiy soha muassasalarida issiqlik ta’minoti tizimlarining holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur o‘rganish ishlari davomida tumandagi 24- va 56-sonli umumta’lim maktablarida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati