Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri M. Xujanov hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda Oltinsoy tumanining “Chep” mahalla hududida joylashgan 3-son va 69-sonli umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mazkur ta’lim muassasalaridagi isitish tizimlari, jumladan, pechlarning texnik holati, o‘quv
va xizmat xonalarining issiqlik bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, ichimlik suv tizimlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida aniqlangan mavjud kamchiliklar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va
tavsiyalar ishlab chiqildi hamda mas’ullarga belgilangan tartibda yo‘naltirildi.
Mazkur nazorat ishlari umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, ta’lim
sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati Axborot xizmati