🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abduvohid Turdiboyev "Birlik" mahallasida joylashgan “Asal Med” oilaviy poliklinikasida bo‘lib, muassasaning moddiy-texnik ta’minoti holati bilan yaqindan tanishdi.
📝Jumladan, poliklinikani issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi uzluksizligi, shuningdek, kuz-qish mavsumida isitish tizimining holati atroflicha o‘rganildi. Mavjud sharoitlar tahlil qilinib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur infratuzilma barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar va takliflar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish hamda poliklinika faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.