Yangiliklar

CHINOZ TUMANI. Yoshlar sporti deputat e’tiborida

♻️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Isoqov tomonidan tumanda yoshlarga qaratilayotgan sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida navbatdagi tadbirda ishtirok etdi.

🏃‍♂️Xususan, tumandagi zamonaviy sport maydonida o‘tkazilgan “Rahbar kubogi” sport musobaqasi jarayonlari bilan yaqindan tanishib, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom avlodni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

🏅Tadbir davomida deputat yosh sportchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi. Shuningdek, sport inshootlaridan samarali foydalanish, musobaqalarni muntazam tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3