Shahrisabz shahar elektr
ta’minoti bo‘limi boshlig‘i O.Boqiyev 2025–2026-yillar
kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan axborot berdi. Hisobotda tarmoqlarni modernizatsiya qilish,
avariyaviy holatlarning oldini olish va iste’molchilarni uzluksiz elektr bilan
ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar yoritildi.
“Energosavdo” filiali
Shahrisabz bo‘limi boshlig‘i Sh.Xudoyqulov shahar bo‘yicha
quyosh panellari o‘rnatish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish,
iste’molchilar o‘rtasida energiya samaradorligi targ‘iboti borasida amalga
oshirilgan ishlarga to‘xtaldi.
Shahar IIB YHX bo‘limi
boshlig‘i D.Toshpo‘lotov 2025-yilda yo‘l-transport
hodisalarining oldini olish, yo‘llarda xavfsizlikni ta'minlash, profilaktik
tadbirlar va o‘rnatilgan yangi svetofor, belgi hamda kameralar bo‘yicha
ma’lumot berdi.
Shahrisabz shahar Uy-joy
kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i U.Umirzoqov
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, issiqlik ta’minoti, ichimlik suvi tarmoqlari
va ko‘p qavatli turar-joylar holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
haqida axborot berdi.
Ijtimoiy himoya milliy
agentligi shahar bo‘limi rahbari N.Daminov 2025-yilda ijtimoiy
yordam, nafaqalar, “Temir daftar” bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarni taqdim etdi.
Shahrisabz shahar
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov
PQ-12-sonli qaror ijrosi doirasida 2025-yilda yaratilgan ish o‘rinlari, kasbga
o‘qitish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikdan chiqarish
mexanizmlari bo‘yicha hisobot berdi.
Shahar moliya bo‘limi
boshlig‘i S.Eshboboyev 2026-yil mahalliy budjeti loyihasi,
daromad va xarajatlar tarkibi, investitsiya va ijtimoiy sohalarga
yo‘naltiriladigan mablag‘lar bo‘yicha taqdimot qildi.
Shahar hokimining birinchi
o‘rinbosari A.Uzoqov PQ-389 va PQ-44-sonli qarorlar ijrosi
bo‘yicha Shahrisabz shahrida olib borilgan bunyodkorlik, infratuzilma,
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha
amalga oshirilgan ishlarni bayon qildi.
Sessiya davomida deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi,
mas’ul tashkilotlar faoliyati bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Shahrisabz shahar Kengashi Matbuot xizmati