Erta nikoh va oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va manfaatini himoya qilish
Kutilmaganda, tugunlarini yig‘ib olgan yangi kelinni hech kim hattoki, qaynonasining yalinishlari ham to‘xtatolmadi. Turmush o‘rtog‘ining birgina “Ovqating nega buncha sho‘r” degan gapi tufayli arazlab ketgan kelinning ajrashish haqida sudga bergan da’vo arizasidan xabar topgan qaynona va yosh kuyov o‘ylanib qoldi....
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Chutboyev Ural Toshtemirovich, mutasaddi idora rahbarlari, nuroniylar hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda oila azal-azaldan muqaddas qo‘rg‘on sanalishi, oila mustahkam, tinch bo‘lsa jamiyat barqaror bo‘lishi, unib o‘sayotgan farzandlar har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishida ota-onlar
birdek mas’ul.
-Eng dolzarb ahamiyat kasb etayotgan masalalardan biri, bu - erta nikohlar, yosh yigit-qizlarning oila qurishga tayyor emasligi, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi quda-andachilik muammosidir, -deydi tuman hokimi o‘rinbosari Zulfiya Sherova.