OLTINSOY TUMANIDA “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” VA “BILIMLAR KUNI” TANTANASI
Bugun, 2-sentyabr kuni, Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari qatorida Oltinsoy tumanida ham 2025—2026 o‘quv yilining oshlanishini ifodalovchi “Birinchi qo‘ng‘iroq” jarangladi.
“Bilimlar kuni” munosabati bilan Oltinsoy tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bahrom Maxmatrayemov ishtirok etib, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodning bilim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Bunda yangi o‘quv yiliga yuqori ruh va katta intizom bilan kirib kelish muhimligi ta’kidlandi.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati