1-sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri M.Xujanov 52-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomidadeputat yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiq, vatanparvar va yetuk shaxslar qilib tarbiyalashda ta’lim muassasalarining roli beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, deputat maktab o‘quvchilari va o‘qituvchi-jamoasini bayram bilan samimiy tabriklab, davlatimiz rahbarining sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, kuy-qo‘shiqlar va vatanparvarlik ruhida o‘tdi.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati