Sherobod tumanidagi barcha maktablarda "Vatan uchun, millat uchun,
xalq uchun!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" hamda "Mustaqillik darsi" tadbirlari bo'lib o'tdi
Bugun, 2-sentyabr kuni yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tumanimizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman deputatlari tadbir ishtirokchilariga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar, o‘quvchilarga esa bilim olish yo‘lida bardavom kuch-quvvat va yuksak marralarni zabt etishlarini tiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarga Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar tapshirildi, Bu esa yoshlar uchun katta quvonch va rag‘bat bo‘ldi. Tadbir davomida 1-sinf o‘quvchilari Vatan, bilim va mustaqillikka bag‘ishlab tayyorlagan she’rlarini ijro etib, barchaga bayramona kayfiyat ulashdilar.