Bugun yurtimizda, xususan Kosonsoy tumanidagi barcha maktablarda yangi o‘quv yilining birinchi qo‘ng‘iroqlari chalindi. Jumladan, Kosonsoy tumani MMTBga qarashli 35-sonli umimiy o'rta ta'lim maktabida “Vatan uchun ,xalq uchun ,millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni» munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda 16- Go’rmiron saylov okrugi deputati Dilfuza Valiyeva, ustoz muallimlar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda birinchi sinfga qadam qo‘ygan jajji bolajonlarga o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda 16- Go’rmiron saylov okrugi deputati Dilfuza Valiyeva, keyingi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub ijobiy o‘zgarishlar yuksak samaralar berayotganligini ta’kidlab, yangi o’quv yilida ta’lim muassasasi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.