2025-yil 2-sentabr kuni Zarbdor tumani umumta’lim maktablarida yangi 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori kayfiyatda, bayramona ruhda o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i O`.Muysinaliyev hamda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Xudoyarova Yangikent MFYdagi 21-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ustoz va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklashdi. Ayniqsa, ilk bor maktab ostonasini bosib o‘tgan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida yosh avlod uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar, ilm-fanning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va Vatanga sadoqatli, bilimli yoshlarni tarbiyalash borasida fikr almashildi.