Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi hamda deputatlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Bagʼdod tumani Kengashi raisi Gʼ.Soliev, Fargʼona viloyati kengashi deputati M.Hurboev xamda tuman Kengashi deputati Gʼ.Аbdullaevlar Qoʼshtegirmon-1 mahallasidagi 40-umumiy oʼrta taʼlim maktabi xovlisida sayyor qabul oʼtkazdi.
Qabulda 60 ga yaqin fuqarolar murojaatlari tinglandi. Ular asosan ichimlik suvi, TP va aporalar oʼrnatish, ichki yoʼllarni asfaltlash, ish bilan taʼminlash va kommunal xizmatlar masalalariga oid boʼldi. Jami 50 dan ortiq murojaat qabul qilindi, shundan 15 tasi joyida hal etildi.
Muddat talab qiladigan masalalar tegishli tashkilotlarga yoʼnaltirildi va tuman idoralari rahbarlari ishtirokida ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.