Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN 63-UMUMTA’LIM MAKTABDA TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI
янв.21
OLTINSOY TUMANIDA “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” VA “BILIMLAR KUNI” TANTANASI
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN 7-UMUMTA’LIM MAKTABDA TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN 14-UMUMTA’LIM MAKTABDA TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN 52-UMUMTA’LIM MAKTABDA TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI
янв.21
📝 Yig‘ilish: Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash choralari muhokama qilindi
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamtovich “Guliston” mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
🗳️ DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
MUNOSABAT

 2025-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida tadbirkorlar bilan
navbatdagi an’anaviy ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim tadbir mamlakatimizda xususiy sektorni rivojlantirish,
tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va milliy iqtisodiyotda xususiy biznesning o‘rnini yanada mustahkamlash borasidagi
sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida tarixga kirdi.  

 Deputat sifatida bu jarayonni kuzatib, biz uchun eng quvonarlisi – davlat rahbarining bevosita tadbirkorlarni tinglashi, ularning muammolarini ochiq muhokama qilishi
hamda amaliy yechimlarni taqdim etishidir. Bu, avvalo, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga yuksak e’tibor berilayotganidan dalolatdir.
Tadbirkor –bu iqtisodiyotning tayanchi, yangi ish o‘rinlari yaratuvchisi, innovatsiyalar tashabbuskori.
Prezidentimizning bunday muloqotlari tadbirkorlarga ishonch bag‘ishlaydi, ular faoliyatida yangi marralarni zabt etishga rag‘bat beradi.
Eng muhimi, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida hamkorlik mustahkamlanmoqda. Zero, tadbirkorlikning rivoji – xalqimiz farovonligi garovidir.  

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Hojiyev Farxod Yusupovich