Tuman deputatlari joylarda aholi muammolarini o'rganmoqda
Jumladan, Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputatlari O.Toirov va Sh.Abdullayevalar tegishli mas'ullar bilan birgalikda O'nqo'rg'on mahallasi faollari bilan uchrashib, mahalladagi mavjud muammolarni o'rgandilar.
O'rganish davomida fuqarolarning Kommunal va boshqa sohalardagi murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborish orqali muammolarga yechim topish choralarini ko'rishga kelishib olindi.
✍️Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi Axborot xizmati