Uchquduq tuman DSI boshlig‘i 4-sektor rahbari A.Usmanov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.Narchayev Shalxar OFY hududida bo‘lib, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganib, OFY hududida joylashgan 12-sonli umumtalim maktabi, oilaviy shifokorlik punkti, maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi. Tashrif davomida ovul aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholining muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Qabul davomida turli yo‘nalishdagi murojaat va takliflar nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.