Bugun, 4-sentyabr kuni yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan viloyatimizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari va Mustaqillik darslari o‘tkazildi.
Jarqo'rg'on tumani 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati Saydulla Abduraimov "Mustaqillik darsi"ni o'tdi. "Mustaqillik darsi"da o'quvchilarni Mustaqilligimizning 33-yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, mustaqillikning ma'no-mazmuni, mustaqillik zamirida yaratilayotgan shart-sharoitlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Mazkur maktabda hozirda 1028 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Yangi o‘quv yilida 121 nafar o‘quvchi birinchi sinfga qabul qilinib, tadbir davomida ularga Prezident sovg‘alari topshirildi.
“Mustaqillik dars”lari ko‘tarinki kayfiyatda o’tkazildi.