“ENG YAXSHI IJTIMOIY TASHABBUS” RЕSPUBLIKA KO‘RIK TANLOVINING SHAHAR
BOSQICHI
Termiz shahar hokimligi
binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
2021-yil 22-apreldagi QQ-214-IV-sonli qaroriga asosan “Eng yaxshi ijtimoiy
tashabbus” Respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bo‘lib o‘tgan tadbirda,
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat
boshqaruv organi” yo'nalishi bo'yicha:
Abdullayeva Dinora Ruziyevna;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik sub'ekti” yo'nalishi
bo'yicha:
Jumaqulova
To‘xtagul To‘xtamurodovna;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat
tashkiloti” yo'nalishi bo'yicha:
Mamarahimov
Abbos Abdug‘aniyevich;
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” yo'nalishi bo'yicha:
Mamatqulova Mehriniso Toshmamatovna g‘olib deb topilib, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisining I-darajali
diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.