🔰 Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi oltmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashi deputatlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
✅Sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan: 1️⃣“ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida”;
2️⃣ “Yuksalish” harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da davlat dasturining jamoat transporti tizimi islohotlari bo‘yicha belgilangan maqsadlarning ijrosini taʼminlash borasida o‘rganishlari to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
❇️ Sessiyada ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Sessiya yakunda xalq deputatlari shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.