“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 fevraldagi "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-48-sonli Qarorining "Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash hamda uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish" Dasturiga muvofiq qiymati 2 mlrd. 195 mln so‘mlik Qiziltepa, Navqiron, Sharq, Navoiy, Oltiariq, Katput MFYlardagi ko‘p qavatli uylar xududida bolalar maydonchasi,
irrigatsiya tarmoqlari, yo‘laklarni betonlash va umumiy foydalanishdagi binolar qurish rejalashtirilgan. Mazkur xududlar Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 20-fevraldagi VII-16-10-11-151-K/26-sonli Qaroriga muvofiq tanlab olingan va deputatlar tomonidan tasdiqlangan. Ayni kunlarda Navoiy MFY Navoiy ko‘chasida bolalar maydonchasini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.