Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariq tumani MMTB tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda
янв.21
Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Shukronalik ruhi — mahallalarda!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq o‘n toʻqqizingchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yashil jamoat parki qurilishining ijrosi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Deputat mahallada

 TADBIRKORLIK — BANDLIK VA TAJRIBA MAKTABI: DEPUTAT
O‘RGANISHI
 

15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilova
tomonidan hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish
borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
 

Navbatdagi manzil — mahalla hududida faoliyat
yuritayotgan, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan tikivchilik
kichik sexi bo‘ldi.
 

Mazkur korxonaning o‘ziga xos jihatlari: 

Ayollar bandligi: Sex asosan mahalladagi ishsiz
xotin-qizlarni va ayollarni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlagan;
 

 Mahorat
maktabi: Bu yerda nafaqat mahsulot ishlab chiqariladi, balki mahalla yoshlariga
tikuvchilik sir-asrorlari, bichish-tikish san’ati "ustoz-shogird"
an’anasi asosida o‘rgatilmoqda;
 

Iqtisodiy ko‘mak: Mahallabay ishlash tizimi asosida
tadbirkorlikka yo‘naltirilgan imtiyozlardan unumli foydalanilgan.
 

Deputat D. Komilova tadbirkor bilan suhbatda ishlab
chiqarish hajmini kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish
imkoniyatlarini muhokama qildi. Ish jarayoni va ishchilarga yaratilgan
sharoitlar ijobiy baholandi.
  

Slide 1 of 3