Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi
янв.21
Navqiron mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Oltiariq tumanida aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazildi
янв.21
Oltiariq tumanida tez tibbiy yordam shohobchasi rekonstruksiya qilinmoqda
янв.21
Yoshlar salomatligi — ustuvor vazifa: Koʻmirchi mahallasidagi 30-maktab futbol maydoni taʼmirlanadi
янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
Deputat tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim faoliyati hamda amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 14-Xalqabod okrugidan saylangan deputat Ollomurodov Otabek Ollomurodovich “Shaffof” mahallasidagi yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodimining faoliyati bilan tanishdi.

Yoshlar yetakchilari tizimi yo‘lga qo‘yilgani yoshlarning murojaatlarini mahallaning o‘zida hal etish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash imkonini bermoqda.

Ushbu mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan joriy yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘rgatish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tizimli ishlar amalga oshirib kelmoqda. O‘rganishlar yakunida deputat mahalladagi har bir yoshning muammo va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida alohida chora-tadbirlar belgilab olish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi jumladan,

- har bir xonadon ahvolini o‘rganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlanishi;

- oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini o‘rganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini shakllantirilishi;

- og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan oilalarni, shuningdek, Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borilishi, ular uchun ijtimoiy xizmat va yordamlarning tashkil etilganligi bo‘yicha o‘rganildi.

Shu bilan birga o‘rganishlar davomida mahalla binosida fuqarolar murojaatlari ham deputat tomonidan tinglandi. Muammoli masalalarni hal etilishi haqida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 4