Zomin tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Alisher Abdugʻaniyev tomonidan tuman hududlaridan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy holati, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yoshlarning murojaat va takliflari diqqat bilan tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, yoshlarni doimiy qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda bandlik darajasini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini joyida o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.