“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Xalq deputatlari Pop tumani Kengashi o‘rtasida imzolangan memorandum aholiga birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlarini tizimli tahlil qilish va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
🔹 Tomonlar aholi uchun sayyor qabullar tashkil etish, xususan deputatlarning okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarida birgalikda ishtirok etishga, Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari, boshqa tadbirlar tashkil etish, mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishiga ko‘maklashish va aholi o‘rtasida huquqiy ma’rifat hamda axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda o'zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.