Duyondagi har bir millatning milliy liboslari bor. Ana shu milliy liboslarda o‘sha xalqning, millatning tarixi, madaniyati va
ma’naviyati namoyon bo‘ladi. Milliy libos insonni hayot, zamon va makon bilan uzviy bog‘lab turadigan o‘lmas qadriyatlardan biridir. Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Muborak Toxirovna ishtirokida shahardagi 6-sonli umumta’lim maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligi munosabati bilan milliy liboslar va milliylikning ijobiy
ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan qator madaniy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.