Uchrashuv dastlab "Olimpiya" MFYda mahalla raisi va yettiligi ishtirokida mavjud muammo hamda aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan muhokamalardan boshlandi.
Shundan so‘ng, "Olmazor Garden" issiqxonasida yetishtirilayotgan mahsulotlar bilan tanishildi. Ushbu joyda butun tuman bo‘ylab ekiladigan daraxt va gul ko‘chatlari yetishtirilib, aholi va korxona tashkilotlar uchun bepul tarqatilishi ma’lum qilindi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan fuqarolar uchun yanada qulayliklar yaratish, hududning infrastrukturasini takomillashtirish, kommunal sohada qilinishi zarur bo‘lgan o‘zgarishlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.