Uchrashuv davomida mahallar aholisi quyidagi muammolar va takliflarni ilgari surdilar:
1️⃣ Qish faslidan keyin ko‘chalarning ifloslanishi va bahor mavsumiga tayyorgarlik masalasi;
2️⃣ Mahalla hududiga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda chiqindilarni noto‘g‘ri joylarga tashlashni nazorat qilish;
3️⃣ Imtiyozli dori vositalarini olish masalasi;
4️⃣ Yuridik maslahat olish imkoniyati;
5️⃣ Mahallaga yaqin joylashgan maktablarda yuzaga kelayotgan muammolar;
6️⃣ Yoshlarga va keksa avlod vakillariga ma’naviy rivojlanish uchun sharoit yaratish – mahalla qo‘mitasi hududida kutubxona va o‘yin xonalarini tashkil etish.