Parkent tumaning 16 nafar yosh sportchisi 9-13 fevral kunlari Hindiston davlatining Dehli shahrida sportning Fransuz boksining “SAVAT” turi bo‘yicha oltinchi Osiyo chempionatida ishtirok etdi.Mazkur chempionatda sportchilarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.Tumanimiz sportchilari 2 ikki yo‘nalishda ishtirok etib, 7 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.O‘zbekiston fransuz boksi “Savat” assotsiatsiyasining Toshkent viloyati bo‘linmasi prezidenti, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, xalqaro toifadagi sport ustasi Abdulatif Abdullaev Abdumavlon o`g`li trenerlik qilgan sportchilarimiz bugun tumanimizga qaytib kelishdi.