Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari Sayyora Ergashyeva hamda Kimyoxon Muhiddinovalar tomonidan “O‘zbekiston" mahalla fuqarolar yig‘iida mahallaga biriktirilgan soliq inspektori A.Abduraimovning faoliyatini o‘rgandilar. Suhbat jarayonida inspektor bilan soliq tushumlari prognozi, yil oxirigacha mahalla ixtiyoriga qoladigan mablag‘lar tushumi, ishlamay turgan tadbirkorlarni faoliyatini tiklash, noqonuniy tadbirkorlik qilayotgan tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, soliq xodimi – mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashishi yuzasidan tavsiyalar berildi.