Tadbirda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, O‘zNNTMA, Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O'zbekiston Ekologik partiyasi Olmazor tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Sh.Umarxodjayeva, O'zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati shifoxonadagi bolalarning ahvoli bilan tanishib, ularga ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishdi, bolajonlarni quvontirish maqsadida turli sovg‘alar ulashildi.
Tadbirning muhim qismlaridan biri sifatida qon topshirish aksiyasi tashkil etildi. Mazkur hayrli tashabbus shifoxonadagi kichkintoy bemorlarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishga hizmat qildi.
Tadbir yakunidaToshkent shahar Adliya boshqarmasi tomonidan eng faol NNT raxbarlariga tashakkurnomalar topshirildi.