O‘rganish jarayonida bolalar xonasi tartibli, oziq-ovqat mahsulotlari to’g’ri saqlanayotganligi, o‘yinchoqlar mavjudligi, ovqatlanish, sanitariya hamda xavfsizlik talablariga rioya etilayotganligi aniqlandi. Muassasaning tarbiyachilar tomonidan qo‘llanilayotgan metodikalar: o‘yin, mashg‘ulot, dam olish va rivojlantiruvchi faoliyat turlari esa reja asosida olib borilishi ma’lum bo‘ldi.