Uchrashuv davomida deputat o‘zining birinchi chorak davomida amalga oshirgan faoliyati haqida so‘z yuritib, jumladan, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, Olmazor tumani Kengashining doimiy komissiyalari va sessiyalarida ko‘rilgan masalalar, ularning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar ma’lumot taqdim etdi. Deputatning ta’kidlashicha, u doimiy ravishda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun joylarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda.
Deputat, faoliyat natijalari aholining muammolarini bevosita eshitish, ularni joyida hal qilish va fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.