Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Sh.Umarxodjayeva, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Pulatov hamda partiya mas’ul vakillari tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan manzil joyiga chiqib, o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri hamda Toshkent shahar hokimi nomiga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborildi.