Yangiliklar

OLMALIQ SHAHAR SEKTORLARINING HUDUDLARI O'ZGARDI

OLMALIQ SHAHAR SEKTORLARINING HUDUDLARI O'ZGARDI

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2025-yil 9-yanvardagi VII-6-4-10-147-K/25 sonli qarori asosida Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar hududlari qayta taqsimlandi. Unga ko'ra: 

✅1-sektorni “So‘fi Olloyor”, “Oltin”, “O‘zbekiston”, “Gultepa”, “Do‘stlik”, “Alisher Navoiy”, “Olmaliqsoy”, “Yulduz”, “Hamid Olimjon” “Koinot”, “Qolmoqir”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy” “Mustaqillik” “Birdamlik” “Mirzo Ulug‘bek” “Saxovat” mahallalari;

✅2-sektorni “Kimyogar”, “Bo‘ston”, “Oydin”, “Uvaysiy”, “Cho‘lpon”, “Ko‘rpasoy”, “Metallurg” “Shosh-Iloq”, “Temur Malik” mahallalari;

✅3-sektorni “Hilol”, “G‘ofur G‘ulom” “Olmaliqovul”, “Toshkent”, “Abdulla Qahhor”, “Yangi hayot”, “Usmon Nosir”, “Abdulla Qodiriy”, “Namuna”, “Hamza”, “Abdulla Avloniy”, “Ibn Sino”, “Islom Karimov”, “Bog‘aro”, “Terakli” “Muso Jalil” mahallalari;

✅4-sektorni “Ahmad Yassaviy”, “Furqat”, “Chambil”, “Tinchlik” “Navro‘z”, “Zarbuloq”, “Sharof Rashidov”, “Kamalak”, “Ramazon”, “Muqimiy”, “Bobur” mahallalari tashkil qiladi.

📸Deputatlarimizning taklif va tashabbuslari, fikrlari va qarorlari haqida rasmiy sahifamizda kuzatib boring!

https://t.me/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy