Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining Beshinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Xalq Deputatlari Sherobod Tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Unda Sherobod tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Boqiyev Sobit
Abdullayevichning 2024-yil yakuniga ko‘ra eng muhim samaradorlik ko‘rsatgichlaridan qabristonlar holati to‘g‘risida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisoboti eshitildi.