Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanidagi 1-son ixtisoslashgan maktabda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda “Adolat” SDP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Jamol Komilov, tuman Kengashi raisi Abdijalil Shoyiqmulov va tuman deputati Zafar Alimovlar ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarga buyuk sarkarda Amir Temurning tarixiy merosi, davlatchilikdagi o‘rni hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

️Suhbat davomida ishtirokchilarga Amir Temurning hayoti, adolatparvarlik siyosati, kuchli va barqaror davlat barpo etishdagi xizmatlari yoritildi. Tadbirda yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va tarixiy merosga hurmatni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

️Uchrashuv mazmunli va jonli muloqotlarga boy tarzda o‘tdi, o‘quvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir “Adolat” SDP Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilib, Boyovut tumanidagi 1-son ixtisoslashgan maktabdatashkil etildi.

️Tadbir yakunida deputatlar mahalla yettiligi bilan uchrashib, mahalladagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar, shuningdek nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olishdi.

Slide 1 of 11