Olmaliq shahar Kengashi deputati Fahriddin Matasimov tomonidan "Zarbuloq" mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish tartibi o‘rganildi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, ya’ni aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning yangi tizimini hayotga tatbiq etish maqsadida tashkil etildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
✅ Ijtimoiy xodimning bugungi kunga qadar amalga oshirgan ishlari;
✅ Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati;
✅ Ehtiyojmand oilalarga berilayotgan ijtimoiy yordamlarning manzilliligi va shaffofligi.
O‘rganish yakunida deputat tomonidan ijtimoiy xodimning faoliyatini qonun talablari asosida yanada takomillashtirish, muhtoj qatlam bilan manzilli ishlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.