Yangiliklar

Yangi maktab qurilishi bilan tanishuv

️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining “18-Olmos” saylov okrugi deputati Sharipov Alisher Eduardovich Yashnobod tumani "Bog'bon" mahallasi hududida yangi qurilayotgan maktabni ko‘zdan kechirdi.

📌 Deputat Sharipov Alisher Eduardovich "Bog'bon" mahallasi hududida qurilayotgan yangi o‘quv maktabida yaratiladigan shart-sharoitlar hamda qurilish jarayonining sifatli va belgilangan standartlarga mos olib borilishi yuzasidan o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

🏫 Ushbu o‘rganishlar doirasida mahallalarda aholi va bolalar uchun mo‘ljallangan umumta’lim maktablari atroflicha ko‘zdan kechiriladi. Bu esa hududdagi ta’lim infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1