Yangiliklar

Deputat nazorati: Ichimlik suvi ta’minoti tizimi

Zomin tuman Kengashi deputati M.Egamnazarov hududdagi ichimlik suvi ta’minoti tizimini ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Nazorat jarayonida ishlarning sifati, bajarilish muddatlariga rioya qilinishi, uzluksiz xizmat ko‘rsatish va aholiga qulay yetkazib berilishi masalalari alohida e’tiborga olindi.

Shuningdek, ishlar davomida texnika va jihozlarning samarali ishlatilishi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi va hudud aholisi uchun sifatli ichimlik suvi ta’minoti kafolatlanishi nazorat qilindi.

Slide 1 of 4