Shahrimiz aholisining madaniy hordiq chiqarish maskanlari shinam va yashil bo‘lishi — xalq vakillarining doimiy diqqat markazida.
Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Abdujabbor Djurayev va Zuhra Pulatova tomonidan shahrimizdagi "Oltin olma" hiyoboni ko‘zdan kechirildi.
🔍O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔹O‘rindiqlar va infratuzilma: Hiyobondagi o‘rindiqlarning texnik holati, ularning aholi dam olishi uchun yaroqliligi va shinamligi tekshirildi.
🔹“Yashil makon” ijrosi: Umummilliy loyiha doirasida hiyobon hududiga ekilgan daraxt ko‘chatlarining bugungi holati, ularni sug‘orish va parvarishlash tizimi tahlil qilindi.
🔹Obodonlashtirish: Hududning tozaligi va tungi yoritish tizimlarining ishlashi ko‘zdan kechirildi.
✍️Natija: O‘rganish davomida aniqlangan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, mavjud o‘rindiqlarni ta’mirlash va yashil maydonlarni saqlab qolish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik tavsiyalari berildi.