Yangiliklar

#jarayon

#jarayon 

Deputatlar sayyor qabul o‘tkazdi

Hududda aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish maqsadida tuman Kengashi deputatlari B.Baxovadinov va N.Xaitqulovlar tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Qabul jarayonida asosan ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi hamda sog‘liqni saqlash sohalariga oid masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillariga aniq topshiriqlar berildi.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1