Yangiliklar

#deputat hududda

Deputat tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Xaitqulov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O'rganish davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, dori-darmon ta’minoti, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda bemorlarga yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida bepul beriladigan dori vositalari ta’minoti masalasi ham batafsil ko‘rib chiqildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1