Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengash deputatlari tomonidan sayyor qabuli bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Nurobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.Tuxtashev o'rganish ishlari olib bormoqda.
янв.21
Nurobodda Oliy Majlis Qonunchillik palatasi deputatlari o'rganishlar olib bormoqda
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholiga yurtimizda bo‘layotgan yangiliklar yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlarning partiya guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
QO‘SHRABOT TAJRIBASI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

QO‘SHRABOT TAJRIBASI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi majlisida kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha “Qo‘shrabot tajribasi” taqdimoti o‘tkazildi. 

Videoselektor shaklida majlisda ishtirok etgan viloyatimiz vakillari tomonidan o‘tgan 2024-yilda Qo‘shrabot tumanida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot-taqdimot qilindi.

Unda o‘tgan yilda tumanda yagona ijtimoiy himoya reestrida jami 4809 ta kambag‘al oila ro‘yxati shakillantirilib, toifalarga ajratilganligi hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalar ishlab chiqilganligi bildirildi. Shu bilan birga, reestrdagi 1750 nafar fuqarolarning doimiy bandligi ta`minlanganligi ma`lum qilindi.

Qo‘shrabot tumanida 2024-yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 24,9 mln. AQSh dollari bo‘lgan 42 ta loyihalar amalga oshirilib, 850 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. 2025-yilda esa yana 56 ta loyihani amalga oshirish orqali, 907 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. 2024-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2339 ta loyihaga 35,1 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan. Joriy yilda esa oilaviy tadbirkorlik uchun 45,0 mlrd. so‘mdan ortiq miqdorda kredit ajratish belgilangan.

Taqdimotda shuningdek, ta`lim olish va kasb-hunarga o‘rgatish, kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ham aniq misollar bilan ijobiy ishlar ko‘rsatib berildi.

https://t.me/sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 5