Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌📢 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

🏘 Sherobod tumani “Sherobod” mahallasi, Oxunboboyev ko‘chasidagi zovur muammosi yuzasidan

Sherobod tumani “Sherobod” mahallasi Oxunboboyev ko‘chasidagi zovurning to‘lib qolishi oqibatida undagi suv sathi ko‘tarilgan. 💧
Natijada mazkur ko‘chada yashovchi aholi xonadonlarining tomorqa yerlarida zaxlanish darajasi kuchayib, fuqarolar uchun noqulay holat yuzaga kelmoqda. ⚠️
👨‍👩‍👧‍👦 Mazkur ko‘chada yashovchi fuqarolar zovurni tozalash va uning suv o‘tkazuvchanligini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan.
📄 Shu munosabat bilan deputat so‘rovi yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, Sherobod tumani Melioratsiya bo‘limi boshlig‘i A. Norqulovdan yuqorida bayon etilgan masalani o‘rganib chiqish, zovurni tozalash hamda yuzaga kelgan muammoni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
Shuningdek, mazkur masala yuzasidan:
🔹 ko‘rilgan choralar;
🔹 mavjud muammo sabablari;
🔹 muammoni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar
to‘g‘risida asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Aholining murojaati — e’tiborda. Muammolarni o‘rganish va ularning ijobiy yechimini topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2