Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 BOZORLAR VA SAVDO DO‘KONLARIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
📢 FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
Nurobodda g‘alla ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
янв.21
El koriga kamarbasta insonlar tashabbusi: Oqsoyda zamonaviy sport majmuasi ochildi
янв.21
Oliy Majlis Senati vakili xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari bilan uchrashdi
янв.21
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida yangi tug‘ruq majmuasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi
📢 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

#162_ta_qonun
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh. Tagayeva tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Nurobod tumani bo‘limi xodimlarining joylardagi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida faoliyatni tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — korrupsiyaning oldini olish, qonun talablariga rioya etilishini o‘rganish hamda mas’ul xodimlar faoliyatida ochiqlik va qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

O‘rganish davomida qonunchilik talablariga rioya etilishi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va xizmat faoliyatida mas’uliyatni oshirish masalalari yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berishga e’tibor qaratildi.

📌 Batafsil: O‘RQ-419-sonli Qonun — LexUZ